Pogba: "Mag'lubiyatlarni qabul qilishni o'rgandim, ammo Pol bunday holatlarda aqldan ozadi"
14 fev 2017 14:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/240261_original.jpg)
![](/upload/storage/240261_220.jpg)
Pogba: "Mag'lubiyatlarni qabul qilishni o'rgandim, ammo Pol bunday holatlarda aqldan ozadi"
"Sent-Eten" himoyachisi Florentin Pogba uning ukasi Pol Pogba mag'lubiyatga qanday munosabatda bo'lishi haqida gapirib berdi.
Bu futbolchilar Evropa ligasi 1/16 final bosqichida to'qnash kelishadi.
"Polning jahli tez, u mag'lubiyatni yoqtirmaydi. U mag'lub bo'lsa "portlab" ketadi. Men mag'lub bo'lishni va buni qabul qilishni o'rgandim, bu mag'lubiyat emas, yangi tajriba. Ammo Pol mag'lub bo'lsa, aqldan ozadi.
MYUga qarshi ikki uchrashuv his-tuyg'ularga boy bo'ladi, ammo bundan foyda chiqaramiz degan umiddaman. MYU buyuk klub bo'lishiga qaramay, hammasining iloji bor. Qog'ozda ular kuchliroqdir, ammo bu hech narsani anglatmaydi" - deydi Pogba.
"Manchester Yunayted" - "Sent-Eten" bahsi 16 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar