Pogba: "Lorente menga ispan tilini o'rgatyapti"
24 jan 2015 15:21
Yangiliklar


Pogba: "Lorente menga ispan tilini o'rgatyapti"
"Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbaning takidlashicha, jamoadoshi Fernando Lorente unga ispan tilini o'rgatayotgan ekan.
"Turin - juda sokin shahar. Bu erda diqqatimni faqat futbolga qarata olaman. Milanda esa vaqtingizni boshqa narsaga sarflaysiz - butiklar, modalar haftaligi.
Men Fernando Lorente bilan ko'p ko'rishaman va undan ispan tilini o'rganaman. Bazida kechki ovqatni butun jamoa bilan birga qilamiz. Vaqtimni jamoadoshlarim bilan birga o'tkazishni yaxshi ko'raman" - deydi Pogba.

Fikrlar