Pogba jamoadoshlariga brilliantli uzuk sovg'a qiladi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2018, 12:22
"Manchester Yunayted" va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba JCH-2018dagi g'alaba sharafiga milliy jamoadagi do'stlariga sovg'a ulashishni maqsad qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi jamoadoshlariga ko'k sapfir va qizil yoquti bor brilliantlik uzuk sovg'a qilmoqchi. Ushbu g'oyaning muallifi Pogba va Antuan Grizmann. Ikkala futbolchi ham NBA muxlisi va ular Amerika sport turidagi ananalarni futbolga olib o'tishmoqchi.

9 oktyabr kuni Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre uzuklarni Los-Anjelesdan Parijga olib kelish uchun pul ajratishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN US