Pogba jamoadan ketishni istaydi
10 fev 2020 21:12
Yangiliklar


Pogba jamoadan ketishni istaydi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozda jamoani tark etishni istaydi.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi bunga qattiq qaror qilgan. SHartnomaga ko'ra, u yana bir mavsum davomida klubda qolishi kerak bo'ladi.
Oldinroq Pogbaning "Real"ga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar tarqagandi. SHuningdek, "Yuventus" ham Pogbani qaytarish niyatida yuribdi.
Pogba ushbu mavsumda MYU tarkibida 7 o'yinda qatnashib, 2 golga assistentlik qildi. SHuningdek, 1 bir bora Angliya liga kubogidagi o'yinda qatnashdi.
U "Yunayted" tarkibidagi so'nggi o'yinini 26 dekabr kuni o'tkazgandi. O'shanda MYU APL doirasida "Nyukasl"ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi. O'shandan buyon u jarohatidan tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar