Pogba bir necha haftaga safdan chiqqan
02 jan 2020 10:44
Yangiliklar


Pogba bir necha haftaga safdan chiqqan
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jarohati bois bir necha haftani o'tkazib yuboradi.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher klub telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.
"Pogba? Unda jarohat bor, u to'pig'ida muammo his qilmoqda. U bir necha haftaga safdan chiqqan", - deydi norvegiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Pogba joriy mavsum APLda 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar