Podolski Bundesligaga qaytish haqida o'ylamoqda
08 jan 2020 22:16
Yangiliklar


Podolski Bundesligaga qaytish haqida o'ylamoqda
Germaniya terma jamoasi afsonasi faoliyatini "Kyoln"da davom ettirishi mumkin.
"Sport Bild" xabariga ko'ra, "Vissel Kobe" hujumchisi Lukas Podolski klub bilan shartnomasi yakunlangach Yaponiyani tark etadi. 34 yoshli futbolchining yapon klubi bilan hamkorligi 31 yanvarda nihoyasiga etadi. Podolski Germaniyaga qaytib, "Kyoln" jamoasi bilan mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi. Agar Bundesliga eshiklari ochilmasa, Lukas Polshaning "Gurnik Zabje" jamoasi safiga qo'shilishni rejalashtirib qo'ygan.
Malumot uchun, Podolski Yaponiya chempionatining joriy mavsumida 13 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta gol, 3 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar