Podolski Polsha klubiga o'tishi mumkin

Alisher
5 iyul 2021
Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini Polshada davom ettirishi mumkin.

36 yoshli germaniyalik o'yinchining "Gurnik Zabje" klubi bilan muzokaralari yakunlanish bosqichida.

Polshada tug'ilgan futbolchida Meksikaning "Keretaro", Braziliyaning "Fortaleza" va Qatar klublaridan taklif bor.

Forvardning so'nggi klubi "Antalyaspor" bo'lgandi, u turk klubida so'nggi ikki mavsumni o'tkazdi.

Futbolchi "Bavariya", "Arsenal" va "Inter"dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano