Pochettinoning assistenti: "Biz albatta "Tottenxem"ga qaytamiz"
12 mar 2021 18:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625032_original.jpg)
![](/upload/storage/625032_220.jpg)
Pochettinoning assistenti: "Biz albatta "Tottenxem"ga qaytamiz"
Maurisio Pochettinoning yordamchilaridan biri Xesus Peres "Tottenxem" prezidenti Daniel Levi haqida gapirdi.
"Levi har kuni Pochettinoning ofisiga kelar va bizning munozaralarimizga qo'shilar edi. Biz doim birga nonunshta va tushlik qilganmiz. Biz, murabbiylar shtabi, hech qachon Maurisio yoki Daniel stolga kelmaguniga qadar ovqatlanmasdan turardik. Biz doim buni hurmat qilganmiz.
Pochettino va Levi hali ham bir-birlariga xat yozib turishadi, ularda juda yaxshi munosabatlar bor. Bizda Danielga nisbatan yomon hislar yo'q. Bizning ketishimiz professional qaror bo'lgandi.
Qandaydir lahzada bizning Levi bilan yo'limiz kesishmadi, ammo biz albatta "Tottenxem"ga qaytamiz", - deydi Peres.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar