Pochettino: "PSJ 3:0 hisobida yutib turgan paytida ham negativ fikr bildirasiz"

Mirjalol Normatov
15 avg 2021, 11:30
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino chempionat doirasida "Strasbur"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Jamoangiz 3:0dan keyin o'yinni pasaytirib yubordi. Buning sababi nima?
- Sizlar doim negativ fikrni izlaysizlar! Natijadan mamnunman. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. To'pni o'zimizda ushlab tura oldik. Uchta gol urdik va yana bir necha vaziyatlarga ega bo'ldik. Tanaffusga qadar gol o'tkazib yubormadik. Yana nima kerak?

Birinchi golni o'tkazib yuborgandan keyin himoyada biroz bo'shashdik. Biroq umuman olganda o'yinni yaxshi o'tkazdik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal