Pochettino: “Hakamning ikkita futbolchimizni chetlatishiga hurmat bilan qarayman”
05 may 2019 08:10
Yangiliklar


Pochettino: “Hakamning ikkita futbolchimizni chetlatishiga hurmat bilan qarayman”
APL 37-turida “Tottenhem”ning ikki futbolchisi “Bornmut”ga qarshi bahsda maydondan chetlatildi va yakunda londonliklar mag'lub bo'lishdi.
“Keyingi uchrashuvga hozirlik ko'rishimiz kerak. Ortiqcha gap-so'z va munozaralarga hojat yo'q. Dastlabki 40 daqiqada biz yaxshi o'ynadi va raqib darvozasi oldida etarlicha vaziyatlar yaratdik. Ammo ularni golga aylantira olmadik. Futbol bazida ana shunday shavqatsiz, biz so'nggi daqiqalardan gol o'tkazib yubordik. SHunga qaramay oldinga intilishda davom etamiz. Ikkita qizil kartochka? Men hakamning qarorlarini hurmat qilaman, boshqa hech narsa deyolmayman. Bu futbol. Har qancha harakat qilmaylik, bizga omad kulib boqmadi” dedi Pochettino VVSga bergan intervyusida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar