Plyaj futboli: O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda BAAga mag'lub bo'ldi
19 noy 2014 11:50
Yangiliklar

Plyaj futboli: O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda BAAga mag'lub bo'ldi
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Pxuketda davom etayotgan Osiyo O'yinlari chorak finalida BAAga 4:6 hisobida mag'lub bo'ldi.
Tailandning Pxuket shahrida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlari davom etmoqda. Osiyo O'yinlarining plyaj futboli musobaqasida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda BAA terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy uchrashuv 6:4 hisobida BAA terma jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi. O'zbekiston terma jamoasi safida Jamoliddin SHaripov xet-trik qayd etgan bo'lsa, yana bir golga Tohir Abdurazzoqov mualliflik qildi.
CHorak finalda mag'lub bo'lgan Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi plyajchilari endi 5-8 o'rinlar uchun kurashni davom ettiradilar. O'zbekiston terma jamoasi keyingi o'yinda 20 noyabr kuni Tailand - Eron juftligida mag'lubiyatga uchragan jamoaga qarshi bahs olib boradi.
Osiyo O'yinlari. Plyaj futboli. Erkaklar. CHorak final. 19 noyabr
BAA - O'zbekiston 6:4
Gollar: Salim Ahmad (1, 11), Hasan Al Hammadi (4), Ali Al Blushi (6), Muhammad Al Jasmi (12), Odil Ranjbar (13) - Jamoliddin SHaripov (3, 31, 33), Toxir Abdurazzoqov (19)

Fikrlar