Plyaj futboli: O'zbekiston Osiyo O'yinlaridagi ishtirokini 6-o'rinda yakunladi
21 noy 2014 14:11
Yangiliklar

Plyaj futboli: O'zbekiston Osiyo O'yinlaridagi ishtirokini 6-o'rinda yakunladi
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo O'yinlarining 5-o'rini uchun bahsida Ummon terma jamoasiga yirik 2:8 hisobida mag'lub bo'ldi.
Tailandning Pxuket shahrida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlari davom etmoqda. Osiyo O'yinlarining plyaj futboli musobaqasida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi bugun 5-o'rin uchun bahsda Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bahs Ahad Yusupov shogirdlarining 2:8 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakuniga etdi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo O'yinlaridagi ishtirokini 6-o'rinda yakunladi.
Osiyo O'yinlari. Plyaj futboli. Erkaklar. 5- o'rin uchun bahs. 21 noyabr
O'zbekiston - Ummon 2:8
Gollar: Farhod Mirahmedov (3, 10) - Al Blushiy (7, 23, 31), Al Araymiy (11), Al Oraymiy (18, 36), As-Sautiy (34), Yoqub (36)

Fikrlar