So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  4 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5

Plyaj futboli: Rasmiy musobaqa yana davom ettiriladi Yangiliklar

Plyaj futboli: Rasmiy musobaqa yana davom ettiriladi

Teglar :  Plyaj futboli
Plyaj futboli deganda ko'z oldimizda faqat Braziliya gavdalanadi.

To'g'rida, Jahonga tanilgan mana-man degan braziliyalik futbolchi yoshligidan, bolaligidan qumli maydonda to'p tepib katta bo'lganini, mashhurlikka erishganida ham plyaj futbolida kamol topganini ko'p xotirlaydi. Bunday xolatni bilamiz, eshitganmiz-u, lekin vaqti kelib o'zimizda ham futbolning bu ko'rinishi paydo bo'lishiga, ommalashishiga ishongimiz kelmas edi. Bundan o'n yillarcha oldin O'zbekistonda ham plyaj futboli bo'yicha rasmiy musobaqa o'tkazishga kirishildi. Plyaj futboliga joy masalasida Qarshi shahrida yangi tamirdan chiqqan va Viloyat bolalar va ayollar sport markaziga aylantirilgan sobiq “Geolog” stadionining bir burchagi tanlandi. Tezlikda ish boshlandi: tonna-tonna ahlatlar tashqariga olib chiqildi, yuzlab yuk mashinalarda qum keltirildi, tomoshabinlar uchun o'rindiqlar, hakamlar va futbolchilar uchun echinib-kiyinish xonalari barpo etildi. Qarabsizki, xorijnikidan qolishmaydigan binoyidek plyaj maydoni paydo bo'ldi.

Erkaklar va ayollar o'rtasida mamlakat chempionati va Kubok o'yinlari o'tkazila boshlandi. Har ikkalasida ham o'nga yaqin jamoalar ishtirok etar, g'oliblik aksariyat mavsumlarda mezbonlarning o'zlariga nasib qilardi. Hatto plyaj futboli bo'yicha ikki yilda bir o'tkaziladigan Jahon chempionati saralash o'yinlariga saralab olingan O'zbekiston terma jamoasi azolari ham aynan shu maydonda, aynan chempionat va Kubok o'yinlarida toblanardi.


Nima bo'ldi-yu, musobaqalarga “ko'z tegdi”. 2012 yilda avvaliga erkaklar o'rtasidagi turnirlar barham topdi, bir yil o'tib esa ayollar musobaqalari ham tappa-taq to'xtadi. Orada salkam besh yil o'tibdi. O'zbekiston futbol associaciyasidagi islohotlar sabab mazkur sport o'yin yana tiklanmoqda, yana rasmiy musobaqalar o'tkazilishi yo'lga qo'yilmoqda.

16-21 iyul kunlari O'zbekistondagi yagona plyaj maydoni – Qarshidagi “Geolog” sport majmuasi plyaj maydonida erkaklar o'rtasida O'zbekiston Kubogi musobaqasi tashkillashtirilishi rejalashtirildi. Bu borada O'zPFL Sport boshqarmasi mutaxassislari tomonidan musobaqa qonun-qoidalari qaytadan ishlab chiqildi va hududlarga taklifnomalar yuborildi. Bir paytlar mazkur musobaqalarda  “MVM”, “Haloskor”, “SHGXK” (Qarshi), “Orzu”, “Koson-yog'” ( (Koson),  “Bodomzor” (Toshkent), “So'g'diyona” (Samarqand), “Olimpiya” (Termiz), “Lokomotiv” (Navoiy), “Kogon” (Buxoro), “SHo'rtan” (G'uzor), “Lochin-To'y-Tepa” (Toshkent viloyati) kabi jamoalar o'z shahar va viloyati sharafini himoya qilishar edi. Endichi, ko'ramiz, kimlar maydonda saf tortishadi?  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика