Plyaj futboli. O'zbekiston - Afg'oniston - 4:9
30 sen 2016 17:41
Yangiliklar


Plyaj futboli. O'zbekiston - Afg'oniston - 4:9
O'z tarixida beshinchi marotaba o'tkazilayotgan ushbu musobaqada plyaj, yani sohil futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi sohil futboli vakillarimiz chorak final uchrashuvida kutilmagan mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.
Afg'onistonga qarshi qumga tushgan futbolchilarimiz raqibga yirik 4:9 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Tarkibga etibor qaratadigan bo'lsak, futzalchilardan tashqari sobiq mashhur futbolchi, Tojievlar sulolasining to'ng'ich vakili Zayniddin Tojiev ham bor.
CHORAK FINAL:
O'ZBEKISTON – Afg'oniston 4:9
Yaponiya – BAA 6:2
Tailand – Ummon 1:4
Livan – Vetnam 3:3 (pen. bo'yicha Livan g'olib)
YARIM FINAL (bugun)
Livan – Yaponiya
Ummon – Afg'oniston
O’xshash yangiliklar

Fikrlar