Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlandi
05 dek 2018 08:28
Yangiliklar


Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlandi
Keyingi yil Tailandda plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Mazkur musobaqada 15ta jamoa qatnashadi. OFK mazkur chempionat uchun qura tashlash marosimini o'tkazdi. Jamoalar to'rtta guruhga bo'lingan. Uchta guruhda to'rttadan jamoa va oxirgi guruhda uchta jamoa o'rin oldi.
"A" guruhi - Tailand, Afg'oniston, Malayziya, Falastin.
"B" guruhi - BAA, Livan, Xitoy, Qirg'iziston.
"C" guruhi - Yaponiya, Bahrayn, Qatar, Quvayt.
"D" guruhi - Eron, Ummon, Iroq.
Plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati 9-17 mart kunlari Tailandning Pettaya shahrida bo'lib o'tadi. Musobaqaning amaldagi g'olibi Eron hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar