Piter Xyuistra: "Yaqin kunlarda yana ko'rishamiz, degan umiddaman"
29 dek 2021 15:05
Yangiliklar
Piter Xyuistra: "Yaqin kunlarda yana ko'rishamiz, degan umiddaman"
O'zbekiston Superligasining 2021 yilgi eng yaxshi murabbiyi Piter Xyuistra sovrin va mavsum haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Coca-Cola Superliga 2021-yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lganim men uchun sharaf. Buning uchun futbolchilarim, murabbiylar shtabi, klub ishchilariga va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Yakuniga etayotgan yil biz uchun omadli kechdi. O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdik, Superligada esa chempion bo'ldik.
Yaqin kunlarda yana ko'rishamiz deb umid qilaman. Barcha o'zbekistonliklarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Yangi yil barchaga omad keltirsin",- deydi Piter Xyuistra.
Fikrlar