So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Piter Xyuistra: "Ishonchli g'alabaga munosib edik. Endi boshqa guruhlardagi holatni kutishga majburmiz" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Ishonchli g'alabaga munosib edik. Endi boshqa guruhlardagi holatni kutishga majburmiz"

Biroz avval OCHL-2021 G'arb mintaqasi, "B" guruhi 4-turi doirasida "Paxtakor" - "SHarja" bahsi o'z yakuniga etdi.

Afsuski, toshkentliklar 87-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga g'alabani qo'ldan chiqarishdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra va hujumchi Eren Derdiyok ishtirok etdi.

"SHarja" ustozi: "Durang bizni mutlaqo qoniqtirdi"

"O'yinni vaqtliroq tugatishimiz kerak edi. Juda ko'plab vaziyatlar yaratdik, o'yinni to'liq nazorat qildik. Ko'proq gol ursak bo'lardi. Golni esa yon qanot hakamining tushunarsiz tarzda bayrog'ini ko'targanidan so'ng o'tkazdik. Futbolchilar o'sha holatda to'xtab qolishdi. 70% to'pni nazorat qilib bir ochkoni qo'lga kiritish juda alamli", - dedi Xyuistra.

- 80-daqiqada sizdan taktik o'zgarish kutgandim. Tarkibda yosh va qariya o'yinchilar bor, ular charchab qolishgandi. Nega qo'shimcha himoyachi tushirilmadi?

- Noto'g'ri savol. I.Yo'ldoshevni shuning uchun tushirgandik. O'zgarishlardan qoniqdim. Bu kuchli musobaqa, shuni ham inobatga olish kerak. Hozir boshqa guruhlardagi holatni kutishga majburmiz. Bugun ishonchli g'alabaga munosib edik. Afsuski, futbolda shunday omadsizlik uchrab turadi.

- Nima uchun murabbiylar shtabidan hech kim Sayfievga gapirmaslik kerakligini aytmadi?

- Bugun shunday bo'lib qoldi. To'g'ri, bugun u ehtirosga berildi. Bu borada ishlanadi.


E.Derdiyok: "O'yinni boshqardik va so'nggi daqiqada gol o'tkazib qimmatli ochkoni yo'qotdik. Keyingi ikki bahsda g'alaba qozonib guruhdan chiqishga urinib ko'ramiz.

- Jamoa hujumida oqsash kuzatilyapti. Muammo nimada?

- Bu borada har bir mashg'ulotda ishlayapmiz. O'yindan o'yinga shakllanish bo'lyapti. Raqib himoyachilarini ham unutmaslik kerak. Bu musobaqada yaxshi jamoalar yig'ilgan.


Eslatib o'tamiz, guruhda 4-turdan keyin "SHarja" 8 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turgan bo'lsa, "Paxtakor" 3 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Reyting: -64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика