Piter Xyuistra: "Bugun yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik"
18 mar 2021 21:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/625983_original.jpg)
![](/upload/storage/625983_220.jpg)
Piter Xyuistra: "Bugun yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik"
Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ikkita turli xil bo'limlarga guvoh bo'ldik. Birinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qilib, mezbonlarga imkoniyat bermadik. Xavfli hujumlar uyushtirib, chiroyli gollar urdik. Ikkinchi bo'limda esa bizda biroz muammolar kuzatildi. Kuchli shamol tufayli to'p bilan oldinga borishda qiyinchilikka duch keldik va mezbonlarda imkoniyatlar yuzaga keldi. Umuman olganda, o'yindan qoniqdim, bugun yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik", – Piter Xyuistra.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar