So’nggi yangiliklar

20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  0 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  1 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  93 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53

Piter Xyuistra: "Aprel oyida bizni og'ir o'yinlar kutmoqda. Kuchli raqiblar bilan o'yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi" Yangiliklar

Piter Xyuistra: "Aprel oyida bizni og'ir o'yinlar kutmoqda. Kuchli raqiblar bilan o'yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi"

Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliganing to'rtinchi turida o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi (2:1). Ushbu uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Piter Xyuistra fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Raqibda deyarli goldan tashqari deyarli boshqa vaziyat bo'lgani yo'q. Ikkinchi bo'limda qizil kartochka olganimizga qaramasdan, g'alabani saqlab qoldik", – Piter Xyuistra.

- OCHLda bitta tarkib bilan harakat qilish qiyin. Zaxiradagilar oldindagi masuliyatli o'yinlarga tayyormi?

- Aprel oyida bizni katta va qiyin uchrashuvlar kutmoqda. Kuchli raqiblar bilan o'yinlarda barcha futbolchilarga imkoniyat beriladi. Yosh futbolchilardan ayrimlari o'zlarini ko'rsatib ulgurishdi. OCHL ularga tajribalarini oshirish uchun ajoyib imkoniyat.

- O'yin davomida futbolchilar ham, sizda ham asabiylik kuzatildi. Uning ketidan qizil kartochka. O'tgan yili OCHLda shunday holatlar pand bergandi. Buning ustida ish olib borilyaptimi?

- Bu yaxshi emas. Qizil kartochkalar, asabiy holat kuzatiladigan o'yinlarda ehtiyotkor bo'lish kerak. Krimec qizil olgan vaziyatda oddiy o'yin holati edi. O'tgan yili OCHLda ikkita qizil kartochka olganimiz yodimda. Mana shunday vaziyatlar o'ziga xos saboq bo'ladi. 

- SHogirdlaringizni o'yiniga baho bersangiz. Futbolchilar kuchini saqlab o'ynagandek ko'rindi...

- Jamoam yaxshi o'yin ko'rsatdi. Raqib yaxshi pressing qildi, taktik jihatdan aqlli harakat qildi. O'yindan qoniqdim. Zaxiradan maydonga tushganlar ham yaxshi taassurot qoldirdi. Har doim harakatda bo'lishimiz kerak. Biz bundan ancha yaxshiroq o'ynay olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика