Piter Krauch: “Brunu "Oltin butsa"ni yutadi. APLdagi 38 o'yin "Manchester Yunayted" uchun 38 ta penalti degani"
28 sen 2020 21:46
Yangiliklar
Piter Krauch: “Brunu "Oltin butsa"ni yutadi. APLdagi 38 o'yin "Manchester Yunayted" uchun 38 ta penalti degani"
"Liverpul" sobiq hujumchisi Piter Krauch muxlisning "Manchester Yunayted" ushbu mavsumda APLda nechta penalti tepishi haqidagi savoliga javob berdi.
"Bilasizmi, menimcha, Brunu Fernandesh "Oltin butsa"ni yutadi. Men may oyigacha har hafta "Manchester Yunayted" penalti tepadi" degan iborani eshitsam kerak va shunga asoslanib gapiryapman"
Premer-ligada 38 tur bor, demak, bu 38 ta penalti. Siz ham shu fikrdamisiz?
Ha, "Brayton" darvozasiga belgilangan penalti men uchun hayratlanarli tuyuldi. Jamoa tarkibida bo'lganimda, o'zimni qanday his qilishimni tasavvur qila olmadim, final hushtagi chalingandan so'ng bir ochkoni qo'lga kiritdik deb o'ylasangiz-u, ammo o'yindan keyingi qo'l siqish paytida hakamning videoassistenti masalaga oydinlik kiritsa. Bu qanday ishlaydi o'zi? ", – deydi Krauch.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar