Pirlo: “Yuventus” Ronaldusiz ham o'z o'yinini ko'rsata olishi lozim”
29 noy 2020 08:53
Yangiliklar


Pirlo: “Yuventus” Ronaldusiz ham o'z o'yinini ko'rsata olishi lozim”
“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo “Benevento”ga (1:1) qarshi bahsda turinliklar hujumchisi Ronalduning nima sababdan maydonga tushmaganini izohladi.
“Unda kichik muammolar bo'lishi qaramay, Krishtianu hafta o'rtasida ECHL bahsida maydonga tushishni istadi. Xalqaro o'yinlardan keyin unga tabiiyki unga biroz dam berish lozim edi. Ronaldu “Yuventus”ning hal qiluvchi futbolchilaridan biri, ammo jamoa usiz ham o'z o'yinini ko'rsata olishi kerak.
SHunday bo'ladiki, jamoadagi ko'pchilik futbolchilar terma jamoalarga jalb etilishadi. Biz shuningdek, CHempionlar ligasida ham to'p tepmoqdamiz. Bunday vaziyatga tushib qolgan yagona klub “Yuventus” emas. “Real” (Madrid)da ham ko'p narsa Ronalduga bog'liq edi. Krshitianu gol urish katalizatori, u jamoaning ko'plab hujumlarida ishtirok etadi”, deya Pirloning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar