Pioli: "Kuch bo'yicha "Tottenxem"dan ortda emasmiz"
14 fev 2023 21:50
Yangiliklar


Pioli: "Kuch bo'yicha "Tottenxem"dan ortda emasmiz"
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli ECHL doirasida "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirdi.
"Kuch bo'yicha "Tottenxem"dan ortda emasmiz, bunga ishonaman. ECHLni yutish - eng katta orzuimiz. Ammo hozir buni o'ylashdan ortiq mantiqsizlik yo'q. Bir hafta oldin "Tottenxem" o'z maydonida "Manchester Siti"ni mag'lub etdi. Amom biz Kontening jamoasidan kuchli ham, kuchsiz ham emasmiz. Bu katta o'yin bo'ladi. Asosiy maqsadimiz - yaxshi o'yin ko'rsatish", - dedi Pioli.
Uchrashuv bugun tunda soat 01:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar
00:41
ECHL. "Feyenoord" Italiyada durang o'ynab keyingi bosqichga yo'l oldi, "Milan" musobaqani tark etdi 54

Fikrlar