Pioli: "2:0dan keyin o'yin tugadi deb o'ylagandik"

Mirjalol Normatov
24 okt 2021
A Seriyaning 9-turi doirasida "Bolonya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

"2:0dan keyin o'yin tugadi deb o'ylagandik va shu sababli muammolar kelib chiqa boshladi. Raqibdan ko'p bo'lib turgan paytda ham o'yinni tashlab yuborsangiz, katta xavf ostida qolgan bo'lasiz. Xursandman, raqibni engish uchun o'zimizda kuch topa oldik.

"11ga 9" formatida o'ynay boshlaganimizdan keyin xatolar ko'paydi. Jiru va Zlatanga havodan to'p oshiraverish xato ekanligini bildik. Ammo bu muhim g'alaba bo'ldi. YCHLdagi og'ir mag'lubiyatlardan keyin bu o'yinga yaxshi tayyorlandik. Barcha tajribalardan dars olyapmiz", - dedi Pioli.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal