So’nggi yangiliklar

09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  0 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  1 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  5 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  27 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2

Pim Verbek: "Osiyo Kubogi faqat O'zbekiston bilan o'yindan iborat emas, shuni yoddan chiqarmang" Yangiliklar

Pim Verbek: "Osiyo Kubogi faqat O'zbekiston bilan o'yindan iborat emas, shuni yoddan chiqarmang"

Teglar :  Pim VerbekUmmon
Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Ummon uchrashuvidan oldin bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Pim Verbek va jamoa sardori Ahmad Kano qatnashdi.

“Bizda ajoyib hissiyotlar bor. Uzoq vaqt shug'ullandik. Oxirgi besh oyda musobaqaga qattiq tayyorlandik. Biz tayyormiz. Ertagangi o'yindan umidimiz katta. So'nggi 4 hafta biz uchun eng muhimi bo'ldi. O'zbekiston bilan bahsga 100 foiz tayyormiz. Barchasi yaxshi bo'lishi uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilamiz”, - deydi Pim Verbek.

Bu yuqori saviyali musobaqa. O'zbekiston doim chiroyli o'yin namoyish etib kelgan”, - deydi Ahmad Kano.


- Qo'l ostingizdagi tarkibni eng kuchli deb hisoblaysizmi? Bu jamoa Osiyo Kubogini yuta oladigan salohiyatga egami?
Pim Verbek: - Yaxshi o'yinchilarga egamiz. Osiyo Kubogidagi barcha o'yinlar qiyin o'tadi, oson bahs yo'q. Ertaga qiyin o'yin kutib turibdi, men yaxshisidan umid qilaman. Bizda o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori.  

- Ummon uch bor Osiyo Kubogida qatnashib uch marta guruhda qolib ketgan.
Ahmad Kano: - Bu safar ushbu ananaga barham berishga harakat qilamiz. Musobaqa bizga katta yordam beradi. Faoliyatimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Osiyo Kubogida kuchli jamoalar juda ko'p. Oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir o'yinda kurashamiz. Ummon uchun o'ynaymiz.

- Ummon himoyaviy o'yin namoyish etadi. Ertaga yutqazib qo'ysangiz nima deysiz?
Pim Verbek: 
- Musobaqa faqat O'zbekiston bilan o'yindan iborat emas, shuni yoddan chiqarmang. Guruhda yana ikkita bahs bo'ladi. Biz guruhdagi uchala o'yinni yutishni xohlaymiz. CHunki ummonlik muxlislar bizdan ko'p narsa kutmoqda. Ertaga nima bo'lishini ko'ramiz.




- Avstraliya bilan o'yinda 0:5 hisobida yutqazdinglar. Bunga nima sabab bo'ldi?  
Pim Verbek: 
- Avstraliyaga individual xatolar evaziga yutqazdik. O'yin tashkil etishda xato qildik. Xatolardan to'g'ri xulosa chiqardik. Bunday bo'lishini kutmagandik, bu o'rtoqlik o'yini edi. Uni tezroq unutishga harakat qildik.

- Ertangi bahsda taktikaga etibor yuqori bo'ladimi?
Pim Verbek: 
- Birinchi o'yin doim muhim bo'lib kelgan. Ikkala jamoa ham guruhda Yaponiya borligini juda yaxshi biladi. Ertaga O'zbekiston bilan o'yin juda muhim.

- Ertaga O'zbekistonga syurpriz bo'ladimi?
Pim Verbek: 
- Ikki jamoa ham yutish uchun o'ynaydi. Men jamoani o'yinga tayyorlayman. Syurpriz haqida bir narsa deyishim qiyin. O'zbekistonni hurmat qilaman.



- Agar kimdir keyingi raqibingiz O'zbekiston desa xayolingizga nima keladi?
Pim Verbek: 
- Oldin Avstraliya ustozi sifatida O'zbekistonga qarshi o'ynaganman. O'shanda qiyinchilik sezmaganman. U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston juda yaxshi o'ynagandi. Kombinacion o'yin namoyish etadi, uzun paslarni ham ko'p beradi. Jismonan kuchli jamoa. Bu jamoaga gol urish qiyin. Lekin ertaga men Avstraliya emas, Ummon ustozi sifatida O'zbekistonga qarshi o'yin o'tkazaman. SHuni yoddan chiqarmang.

- Ertaga stadionda ko'plab ummonlik muxlislar bo'ladi. Bu sizlarga yordam beradimi?
Ahmad Kano: 
-  Biz ham muxlislar uchun o'ynaymiz. Ularning qo'llab quvvatloviga muhtojmiz. Birinchi o'yin doim muhim. Bizni qo'llab quvvatlashsa eng yaxshi o'yinimizni namoyish etamiz.

Narzulla Saydullaev SHarja shahridan


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика