Pike yana jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
31 okt 2021, 08:30
La Liga 12-turida “Barselona” o'z maydonida “Alaves” bilan durang (1:1) o'ynadi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Jerar Pike 2-taym o'rtalarida zaxiraga olindi va uning o'rniga Kleman Lengle maydonga tushdi. Pikening oyoq mushaklarida muammo yuzaga kelgani aytilmoqda. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

Shuningdek, kataloniyaliklarning yana bir futbolchisi Serxio Aguero yuragida muammo yuzaga kelgani tufayli “Alaves”ga qarshi o'yinni davom ettira olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru