Pike: "Uchta "Oltin to'p" egasi Ronalduga shubha qilmaslik kerak"
13 fev 2015 11:46
Yangiliklar


Pike: "Uchta "Oltin to'p" egasi Ronalduga shubha qilmaslik kerak"
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Real" hujumchisi Kirshtianu Ronaldu yana o'zining ajoyib o'yinlarini ko'rsatishda davom etishiga ishonadi.
"To'g'ri, Ronalduning o'yinida pasayish bor. U uchta "Oltin to'p" egasi hisoblanadi va unga shubha bilan qarash kerak emas. Ronaldu bugun, ertaga yoki ertadan keyin yana o'z formasiga qaytadi" - deydi Pike.
Ronaldu bu mavsumda 19ta uchrashuvda 28ta gol urib, 9ta golli pas bergan.

Fikrlar