Pike: "Suares "Barselona"ga yangilik olib kiradi"
21 okt 2014 16:27
Yangiliklar


Pike: "Suares "Barselona"ga yangilik olib kiradi"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike jamoa hujumchisi Luis Suares haqida fikr bildirdi.
"Suares - ayni damda bizga kerak bo'lgan futbolchi. Uning uslubi Xavi va Inestanikidan ajralib turadi. U raqib jarima maydonchasini qo'riqlab, yo'q joydan gol paydo qilishi mumkin. O'ylashimcha, Suares "El-Klassiko"da o'ynashga tayyor. Ikki kun oldin u Ummonga qarshi bahsda dubl qayd etdi va menimcha u yaxshi formada. Biz uni "Real"ga qarshi uchrashuvda maydonda ko'rishimiz mumkin" - deydi Pike.

Fikrlar