Pike: "Real" ustidan qozonilgan g'alaba Ispaniya chempionligi masalasini hal qilishi mumkin"
20 mar 2015 12:42
Yangiliklar


Pike: "Real" ustidan qozonilgan g'alaba Ispaniya chempionligi masalasini hal qilishi mumkin"
"Barselona" himoyachisi Xerard Pikening hisoblashicha, "Real"ga qarshi Ispaniya chempionati 28-tur uchrashuvi Ispaniya chempionligi masalasiga oydinlik kiritishi mumkin.
"Klasiko"dagi g'alaba olg'a tashlangan qadam bo'ladi. Bu o'yindan so'ng yana 10ta uchrashuv o'tkazamiz. "Real" bilan imkoniyatlarimiz teng. SHu sababli bu o'yindagi 3 ochko bizga katta usutnlik berishi mumkin va bu ustunlik bilan milliy chempionatda g'alaba qozonishga yaqin bo'lamiz" - deydi Pike.
Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou"da bo'lib o'tadigan "Barselona" va "Real" uchrashuvi 22 martdan 23 martga o'tar kechasi bo'lib o'tadi va bu o'yinni hamkorimiz "ALEZIYA.COM" saytida tomosha qilishingiz mumkin. Ispaniya chempionati turnir jadvali bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Fikrlar