Pike "Osasuna"ga qarshi bahsda qo'l bilan o'ynagani haqida: "Bu penalti emas, qo'limni olishga ulgurmadim"
01 sen 2019 19:15
Yangiliklar


Pike "Osasuna"ga qarshi bahsda qo'l bilan o'ynagani haqida: "Bu penalti emas, qo'limni olishga ulgurmadim"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike LaLiga 3-turining "Osasuna"ga qarshi o'yinda (2:2) penalti bo'lgan vaziyat haqida fikr bildirdi.
"To'pni qo'lim bilan urdim. Mavsum boshlanishidan oldin LaLiga vakillari bilan doim to'pgacha masofa xususidagi seminarlarda qatnashamiz. To'pdan qo'limni olib qolish uchun vaqt yo'q edi. Sakrashim tabiiy bo'lgandi.
Men hakamlarni ushbu vaziyatni (to'pdan qo'lini olib qochish) o'zlarida sinab ko'rishlarini istardim. Mazkur holat markazida bo'lganim uchun, bu penalti berish uchun etarli emas deb hisoblayman", – deydi Pike.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar