Pike MLSga ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
10 noya 2021, 00:15
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"TodoFichajes" xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Xavi boshqaruvidagi jamoada asosiy futbolchi bo'la olmasa, jamoadan ketishi kutilmoqda. Unga MLSdan takliflar bor.

Pike Devid Bekxemning vakillari bilan uchrashuv olib borgan. Tomonlar uning "Inter Mayami"ga o'tishini muhokama qilgan.

Ushbu mavsumda Primeroda Pike 10 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TodoFichajes