Pike mavsum davomidagi o'yinlar sonini qisqartirishni so'radi
17 okt 2024 11:48
Yangiliklar
Pike mavsum davomidagi o'yinlar sonini qisqartirishni so'radi
"O'yinlar juda ham ko'payib ketdi va endi biz futbolchilardan: "Quloq soling, biz jarohatlar olyapmiz. Har uch kunda o'yin va yozda ham deyarli dam olishga vaqt qolmayapti" - degan so'zlarni eshityapmiz. Men uchrashuvlarni kamaytirishni maslahat bergan bo'lardim. Ligalarga shunday murojaatim bor: "Mavjud 20 jamoa o'rniga 16 tadan klub qoldirsa nima bo'ladi? SHuningdek, men UEFAga shunday degan bo'lardim: "Kuzatish mushkul bo'lgan yangi musobaqa – Millatlar Ligasi nimaga kerak? Hurmatli, FIFA vakillari: "O'zingiz yaratgan bu klublar o'rtasidagi jahon chempionatini bekor qiling". Ular iloji boricha ko'proq pul ishlab olishni xohlashlarini tushunaman, lekin futbol uchun o'yinlar soni kamroq bo'lib, top darajadagi eksklyuziv o'yinlar soni ortgani yaxshiroq. Auditoriya uchun ham ularni kuzatish qulayroq bo'ladi. Futbolchilar esa kamroq o'yinda maydonga tushib, kamroq jarohat olishardi".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонида Ҳамробеков тўп тепаётган "Трактор"га ютқазди
МЛС. Мессининг супер ўйини "Интер Майами"ни ярим финалга олиб чиқди
Винисиус "Реал"дан йилига 30 млн. евро талаб қиляпти, аммо "Реал"...
Ла Лига. "Реал" "Эльче" билан ўйинда қоқилди, аммо биринчи ўринда қолди — "Барселона" билан орадаги фарқ 1 очко
Fikrlar