Pike bugun mashg'ulotlarda ishtirok etmadi, ammo...

2 dek 2019, 22:09
“Barselona” himoyachisi Jerar Pike bugun jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.

Kataloniyalik himoyachi  kecha La Liga 15-turidan o'rin olgan “Atletiko” – “Barselona” (0:1) uchrashuvi so'nggi daqiqalarida raqib futbolchisi Vitolo bilan to'qnashib ketdi va keyinchalik o'z o'rnini jamoadoshi Umititiga bo'shatib berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, kechagi bahsda Pike jarohat olmagan. Unga murabbiylar shtabi salomatligini tiklab olish maqsadida bugungi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishiga imkon berishgan.

Himoyachi La Liganing keyingi turida “Malorka”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Mazkur uchrashuv 7 dekabr, shanba kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca