Pike: "Barselona" bunday o'yin bilan Evropa Ligasini yuta oladi"
18 fev 2022 07:26
Yangiliklar
Pike: "Barselona" bunday o'yin bilan Evropa Ligasini yuta oladi"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Evropa Ligasining 1/16 finali doirasida "Napoli"ga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz 4-5 ta gol urishimiz mumkin edi. Ular ikki marotaba darvozamiz oldiga yaqinlashishdi va bitta gol urishdi. O'yindan yaxshi taassurotlar qoldi, lekin natijadan emas.
Bazi o'yinlarda vaziyatlarni golga aylantirish qiyin kechmoqda. Agar imkoniyatlar bo'lsa, biz gol urmoqdamiz. Bu ishonch masalasidir. Biz yuqori darajadagi raqibga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdik. Natija yomonroq, yutishni istagandik.
Bunday o'yin bilan Evropa Ligasini yutishimiz mumkin. Agar ikkinchi bo'limdagidek vaziyatlar yaratsak, gollar ham bo'ladi va biz keyingi bosqichga chiqamiz", - dedi Pike.
Fikrlar