So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  21 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

PFL talab qilayotgan normativ nima? Yangiliklar

PFL talab qilayotgan normativ nima?

Keyingi yil oliy liga Superligaga o'zgaradi. Bu haqda PFL malum qilganidan xabaringiz bor. PFL Superligaga muvofiq jamoalarni ham, futbolchilarni ham, shu qatorda o'yinlarni ham super qilishga harakat qilmoqda.

Dastlabki qadam o'laroq tashkilot keyingi yil Superligada 12ta jamoa qoldirishga qaror qildi. Keyinchalik mavsum boshlanguncha barcha futbolchilar jismoniy tayyorgarlik bo'yicha normativ topshirishadi degan gap chiqdi. Bu gap o'z isbotini topib, bugun normativ topshirishni "Olmaliq" boshlab berdi.

SHunday qilib Super liga jamoalari navbati bilan normativ topshirishadi. Bugundan boshlangan normativ qabul qilish jarayoni 29 dekabr kuni o'z yakuniga etishi belgilab qo'yilgan. Super liga klublari bir yil ichida uch marta normativ topshirishadi: 

1. Jamoalar yangi mavsumga hozirlik ko'rishni boshlashdan oldin (dekabr)
2. Superliga bahslari boshlanishidan oldin (fevral)
3. Birinchi davra o'yinlaridan keyin 

Bundan ko'zlangan maqsad - futbolchilarning jismoniy holatini o'rganish bo'lib, PFL shu orqali barcha klublardagi o'yinchilarni nazorat qilib boradi. Futbolchilarimiz jismonan etuk emas, ayniqsa terma jamoa miqyosida o'yinchilarning oxirgi daqiqalarda kuchi etmay qolyapti degan gaplarni ko'p eshitamiz. SHu bois ham PFL futbolchilarning jismoniy holatini nazorat qilib borishni maqsad qilgan. 

Sport normativlarida nimalar topshiriladi? 

Super liga klublari uchun sport normativlari to'rt xil bosqichda olib boriladi. 

1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. "Yo-Yo" test 

Demak, birinchisi 30 metrga yugurish. Bunda futbolchining tezlik xususiyati inobatga olinadi. Ikki bor imkoniyat beriladi va eng yaxshi natija daftarga qayd etiladi. Ikkinchisi, futbolchi turgan joyidan uzunlikka sakraydi. Bunda ham ikki marta imkoniyat beriladi. Uchinchisi, futbolchi 50 metrga etti marta yugurib borib keladi. Bunda faqat bir marta imkoniyat beriladi. To'rtinchisi esa "Yo-Yo" test deb nomlanadi va bunda futbolchilar dam yugurib, dam yurib belgilangan vaqt ichida 2400 metrni masofani bosib o'tishlari kerak bo'ladi.

Aytgancha, darvozabonlar faqat ikkita normativ topshiradi: 30 metrga yugurish va turgan joyidan uzunlikka sakrash. 

Belgilangan vaqt qancha? 

Quyida to'rtta normativning har biriga alohida to'xtalib o'tish vaqtlarini keltirib o'tamiz. Bu normativlarni bizning futbolchilar topshira oladimi-yo'qmi, buni vaqt o'tib bilib olamiz. PFLning malum qilishicha, ushbu normativlarni topshira olmagan futbolchilar Super liga o'yinlariga qo'yilmaydi.

1. 30 metrga yugurish.
16 yosh - 4,15 soniya (belgilangan vaqt)
17 yosh - 4,10 soniya
18 yosh - 4,00 soniya
19 yosh va undan kattalar - 3,85 soniya

2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
16 yosh - 260 sm. (belgilangan masofa)
17 yosh - 270 sm.
18 yosh - 275 sm.
19 yosh va undan kattalar - 285 sm.

3. 7x50 metrga yugurish
16 yosh - 62,0 soniya (belgilangan vaqt)
17 yosh - 61,0 soniya
18 yosh - 60,50 soniya
19 yosh va undan kattalar - 60,0 soniya

4. "Yo-Yo" test
16 yosh - 1820 metr/10,44 daqiqa (belgilangan masofa/belgilangan vaqt)
17 yosh - 2040 metr/11,45 daqiqa
18 yosh - 2300 metr/12,55 daqiqa
19 yosh va undan kattalar - 2400 metr/13,19 daqiqa

Normativlarni kim qachon topshiradi? 

PFL talab qilayotgan sport normativlarini topshirishni bugun "Olmaliq" boshladi. Eng oxirgi bo'lib "Lokomotiv" 29 dekabr kuni topshiradi.

"Olmaliq" - 18 dekabr
"Mashal" - 20 dekabr
"Qo'qon-1912" - 21 dekabr
"Navbahor" - 22 dekabr
"Cementchi" - 23 dekabr
"Metallurg" - 25 dekabr
"Buxoro" - 25 dekabr
"Paxtakor" - 26 dekabr
"Bunyodkor" - 26 dekabr
"Qizilqum" - 27 dekabr
"Nasaf" - 28 dekabr
"Lokomotiv" - 29 dekabr


Ushbu materialdan TAHRIRIYAT RUXSATISIZ foydalanish mumkin emas!

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика