So’nggi yangiliklar

13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  0 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  3 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  13 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  3 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  5 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  6

PFL: Superligada badal puli oshgani yo'q Yangiliklar

PFL: Superligada badal puli oshgani yo'q

Yurtimizda yangi futbol mavsumi start olishiga ham borgan sayin oz muddat qolmoqda.

Professional futbol ligasi O'zbekiston professional futbol klublari uchun 2019 yilgi mavsum musobaqalari reglamenti qayta to'ldirilgan loyihasini tayyorladi va tanishib chiqib, o'z mulohazalarini bildirish uchun klublarga taqdim etdi. Mazkur reglamentda yangi mavsumda o'tkaziladigan musobaqalar, ularning reglamenti va ularda ishtirok etish shartlari to'g'risida batafsil malumot berilgan.

Qayd etish joizki, yurtimizdagi futbolni yoritib boruvchi ayrim nashrlarda PFL tomonidan klublarga tanishib chiqish uchun taqdim etilgan mazkur reglamentdagi o'zgarishlar haqida xabarlar elon qildi. Xususan, Superliga va PRO-ligada badal pullari oshirilgani to'g'risida xabarlar elon qilindi.

SHu o'rinda alohida takidlash joizki, Superligada qatnashish uchun badal puli (futzal va ayollar jamoalari inobatga olinmaganda) 2018 yilda ham 500 000 000 so'm edi. Futzal va ayollar jamoalari uchun mos ravishda 50 000 000 so'mdan badal puli to'langan. Umumiy hisobda jamoalar 600 000 000 so'm badal puli to'lashgan.

Sekin-asta klublar harajatlarini kamaytirish, ularga engillik qilishga harakat qilayotgan Professional futbol ligasi 2019 yil uchun badal pullari miqdorini aslo oshirgani yo'q. Badal puli 2019 yilgi mavsumda ham barcha jamoalar (ayollar va futzal jamoalarini ham inobatga olganda) 600 000 000 so'mni tashkil etadi.

Takidlash lozimki, shu paytga qadar jamoalar o'yinni o'tkazish uchun tashrif buyuradigan hakam, nazoratchi hamda uchrashuv komissarlari safar va oziq-ovqat harajatlarini qoplab kelishgan. Professional futbol ligasi endilikda klublarni bunday sarf-harajatlardan soqit etib boradi. Jumladan, 2019 yildan boshlab hakam, nazoratchi va uchrashuv komissarlarining barcha harajatlari (safar, oziq-ovqat) klublar emas, balki PFL tomonidan qoplanadi.

Istardikki, OAV vakillari futbol ishqibozlariga qilinayotgan islohotlar, yangiliklar to'g'risida bor malumotni to'g'ri talqin qilgan holda etkazishsin.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика