So’nggi yangiliklar

11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  0 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  0 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  4 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  1 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  25 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  20 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  0 08:59ФИФА президенти яна бир бор Ўзбекистон ҳақида фикр билдирди  3 08:15"Челси" январда 50 миллион фунтлик трансферни амалга оширмоқчи  0 07:45Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаварони терма жамоаси устози бўлгани ҳақида фикр билдирди  7 01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  6 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1

PFL Superliga starti borasida nega hech nima demayapti? Diyor Imomxo'jaev javob berdi Yangiliklar

PFL Superliga starti borasida nega hech nima demayapti? Diyor Imomxo'jaev javob berdi

PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida Superliga qachon qaytishi mumkinligi haqida malumotlar berdi.

O'zPFL karantin vaqtida nima qildi?

Karantin elon qilinishidan uch kun oldin bizning Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorligimiz rasmiy maqomga ko'chgandi. Bu hamkorlik doirasida Loyiha ofisi tashkil etilgan bo'lib, unda hozircha 7 kishi faoliyat olib boradi. SHularning 4 nafari futbol sohasidan va yana 3 kishi agentlikdan.

Agentlik bilan hamkorlik davlat ulushi bor korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan 13 futbol klubini bosqichma-bosqich xususiylashtirish ishlarini qamrab oladi. Karantin davomida bu ish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. 13 futbol klubi bosh direktorlari bilan doimiy aloqada bo'lib turilibdi. Biroq masofadan ishlash baribir noqulayliklar tug'diradi. Karantin yakunlangach, bu borada qilinadigan ishlar hali ko'p.

Superliga starti borasida nega jimjitlik?

Evropa chempionatlari qachon boshlanishi va qanday o'tkazilishi yuzasidan million xil xabarlar chiqdi. Xususan, o'zim ham Futbol-TV studiyasida bu kabi xabarlarni hamkasblarim bilan ko'p muhokama qildim. Aytishim kerakki, o'sha tahminlar tahminligicha qolib ketdi. CHunki karantin qachon yakuniga etishi faqatgina Yaratganning o'ziga ayon.

G'arbda har bir kun katta pul. Teletranslyaciyalar katta pulga sotib qo'yilgan, homiylar milliardlar ajratgan, tanaffus futbol klublarini inqirozga yaqinlashtiryapti. SHunday ekan, kuniga millionlab xabarlar bolalashi turgan gap. Bizda esa vaziyat biroz boshqacharoq. Aytaylik, O'zPFL chempionat 1 may sanasidan start olsa, taqvim qanday bo'lishi haqida allaqachon reja ishlab chiqqandi. Biroq endi malumki, 1 may start kuni bo'lmasligi aniq. SHu va shu kabi oxiri yo'q savollar ustiga qurilgan tahminlarni chiqarmadik. Sababi bitta — chempionat starti O'zPFLga bog'liq emas. Buning uchun hukumatning rasmiy ruxsati kerak, usiz biz hech narsa qilolmaymiz ham, aytolmaymiz ham.

Rejamiz bormi?

Karlo Anchelotti futbolchilar o'z formalarini haminqadar tiklab olishlari uchun ikki hafta muddat etarli ekanini aytdi. Keyinroq Vadim Abramov jarohatlar ko'payib ketmasligi uchun ham o'sha ikki hafta kerakligini tushuntirdi. O'zPFL albatta mutaxassislar fikrini inobatga oladi. SHundan kelib chiqib, biz 8 kun avval hukumatga o'z taklifimizni berdik. Yani, mashg'ulotlarni yopiq holatda boshlashga ruxsat berilishi to'g'risida.

Bu qanday bo'ladi? Xuddi terma jamoa yirik turnirga tayyorgarlik ko'rayotgani kabi, har bir klub o'z bazasiga “qamal qilinadi”. Bunda sanitariya talablariga to'la rioya etiladi. Futbolchilar bazadan tashqariga chiqmaydi va faqat mashg'ulotlarni davom ettiradi. Oshpazlar, farroshlar, shifokor, massajist, murabbiylar va jamoa barchasi shu bazada malum muddat istiqomat qiladi. Bu holat bizga vaqtdan yutish imkonini beradi. Yani, karantin yakunlansa, futbolchilar o'z formasini ancha tiklab ulgurgan bo'ladi.

Karantindan so'ng uchrashuvlar malum muddat muxlislarsiz o'tkaziladi. Faqat bitta shart bilan — uchrashuvlarning barchasi albatta jonli namoyish etilishi kerak. Bu birinchi navbatda O'zPFL hamda klublar tomonidan imzolangan homiylik shartnomalari shartlarini himoya qiladi, ikkinchi navbatda muxlislar uchrashuvlarni bevosita ko'ra olish imkoniga ega bo'ladi va tabiiyki, shaffoflik yuzaga chiqadi. Uchinchi tomondan esa Evropaning bir qator chempionatlarida tanaffus ekani kutilmaganda katta etiborning O'zbekistonga qaratilishiga turtki bo'lishi mumkin.


Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика