So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  1 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  17 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  4 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  9 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0

PFL rahbari qanday tayinlanadi? Uni kim tayinlashi kerak? Yangiliklar

PFL rahbari qanday tayinlanadi? Uni kim tayinlashi kerak?

PFL bosh direktori Davron SHoqurbonov ishdan ketganidan xabaringiz bor.

Endi bo'lsa savol tug'ilyapti: buyog'iga kim PFLni kim boshqaradi? Yangi rahbarni kim tayinlaydi? Umuman yangi rahbar qanday tayinlanishi kerak? 

Biroz uzoqdan boshlamoqchiman. Rahmatli Nuriddin Zayniev Qashqadaryo hokimi bo'lib ishlagan kezlari "Nasaf" va "SHo'rtan" kabi "Mashal" ishtirokidagi bahslarni ham o'tkazib yubormaslikka harakat qilardi. Nuriddin Zaynievich Muborakdagi markaziy o'yinlarga tez-tez vaqt ajratib kelib turardi. 

SHunday o'yinlardan biriga tashrif buyurgan Zayniev "Mashal" akademiyasi bilan murabbiylari bilan suhbati chog'ida savol bergandi: "Ishlashdan maqsad nima?" Tabiiyki bu savolga murabbiylar bir xil javob bergan: "Ishlashdan maqsad, yaxshi futbolchilarni tarbiyalab terma jamoaga etkazish". 

Bu javobdan Nuriddin Zaynievning jahli chiqib ketgani va shunday degani yodimda: "Sizlarning maqsadingiz futbolchi tarbiyalab terma jamoaga etkazish emas, balki "Mashal"ning asosiy tarkibiga tayyorlash bo'lishi kerak. Terma jamoaning o'z murabbiylari bor, kimni xohlasa shuni chaqiradi". 

Umuman bizda maqsad - terma jamoa kuchayishiga hissa qo'shish degan gap allaqachon bir qolipga tushib bo'lgan. Lekin Zayniev ham bekorga aytmagandi, hamma avvalo o'z klubi rivojini o'ylashi kerak deb. CHunki klublar rivojlanishi - bu o'z-o'zidan terma jamoa yutug'iga olib keladi. 

Nodirxo'ja Yuldashev o'z Telegram kanalida post qoldirdi. Undagi 4-band etiborimni ko'proq tortdi: "PFL va O'FA bitta bo'lgani bilan ular raqobat qilishi kerak. PFL MTJ manfaati yo'lida mana necha yildirki o'yinlarni qoldirib keladi. Mana necha yildirki, biz JCHga chiqmaganmiz. Demak, bu echim emas. Xitoy ham, Rossiya ham legionerlarni 3 kun qolganda yuboradi. Turini o'ynab keladi. Bizda esa butun chempionat MTJ o'yiniga 10 kun qolganda to'xtaydi. Bunday bo'lishi kerak emas. 10 nafar futbolchini deb 500 nafari aziyat chekmasligi lozim. PFL ham kerak bo'lsa MTJ o'yiniga 5 kun qolganda tur o'yinini o'tkazib olsin. Qisqasi, PFL MTJni emas, o'z ligasini o'ylashi kerak. Kuchli PFL ligasi, bu kuchli MTJ". 

Bu juda to'g'ri yozilgan gaplar. Masalan, boshqa ligalarda ham rahbar asosan Ligani kuchaytirish yo'llarini o'ylaydi. Federaciya esa terma jamoalarni maqsad sari etaklash yo'llarini qidiradi. 

SHu paytgacha O'FA kimni qo'ysa, PFL rahbari bo'lib ishlab keldi. Bu Magometov davrida boshlandi va undan keyin Omon G'ofurov bilan Davron SHoqurbonov paytidayam davom etdi. Buning natijasida PFL rahbarlari O'FA rahbarining gapini ikki qilmaydigan bo'lishdi. CHunki shunga majbur ham edilar. 

Mana endi PFLga boshqa bir rahbar tayinlanishi kutilyapti. Umuman tashkilotga yangi rahbar yana avvalgi tizimdagidek tayinlanadimi yoki  boshqa yo'l topib aytaylik, saylanadimi? Agar O'FA rahbari tomonidan tayinlanuv bo'lsa, vaziyat o'sha-o'shaligicha qoladi. CHunki yangi rahbar ham O'FAning izmidan chiqmasligi shart. Mobodo saylanadigan bo'lsa, unda Liganing kuchayishiga, o'z so'ziga ega bo'lishiga ishonsa bo'ladi. 

Hozircha ushbu tashklotni PFL bosh direktor o'rinbosari sifatida ishlab kelgan Diyor Imomxo'jaev boshqarib turibdi. Lekin bu boshqaruv qancha davom etishi nomalum. Diyor Imomxo'jaevning o'zi PFLga rahbar bo'lishi mumkinmi? Hamma narsa bo'lishi mumkin va hech narsa bo'lmasligiyam mumkin. 

Aslida gap PFLni kim boshqarishida ham emas, balki tashkilotning keyingi ish rejasi qanday ko'rinish olishida. Bu bir tizim bo'lishi kerak va qaysi rahbar boshqarmasin tizimda bir maromda ishlashi kerak. Va bu tizimning O'FA tasiriga tushib qolishi PFL tashkil topganidan beri davom etib kelayotgan muammolar baribir echimsiz qolishini anglatadi. 

X.Xoliqov

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика