So’nggi yangiliklar

21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  1 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  3 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  0 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  8 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  3 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  1 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  16 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  1 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0

PFL qoshida Tartib-intizom qo'mitasi tuzildi Yangiliklar

PFL qoshida Tartib-intizom qo'mitasi tuzildi

Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Liga musobaqalari doirasida futbolchilar, rasmiy shaxslar hamda boshqa ishtirokchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar, shuningdek, musobaqalarni o'tkazish tartibiga zid bo'lgan xatti-harakatlar shu kunga qadar Associaciya huzuridagi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqilgan.

2025 yilning 20 oktyabr kuni professional futbol klublari rahbarlari ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilishda mazkur masala ko'tarilgan bo'lib, tegishli qo'mitaning yig'ilish muddatlari orasidagi farq va shundan kelib chiqishi mumkin bo'lgan boshqa ehtimoliy masalalar kun tartibiga kiritilgan. Uchrashuv yakunida Liga qoshida Tartib-intizom qo'mitasini tashkil etish taklifi bir ovozdan maqullangan bo'lib, 30 yanvar kuni Liga mazkur yo'nalishda qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan klublarga malumot bergandi. 

O'tgan vaqt ichida O'FA Intizom kodeksidan kelib chiqib, O'zPFL Tartib-intizom kodeksi ishlab chiqildi. Uning Liga musobaqalariga tegishli qismi tahrirlangan bo'lsa-da, Liga Kodeksni takomillashtirishda O'FA Intizom kodeksida belgilab qo'yilgan qoidalar majmuidan chekinmaslikka hamda ularga zid bo'lgan o'zgartirishlar kiritmaslikka etibor qaratdi. Boisi, O'zPFL Tartib-intizom qo'mitasi endilikda Liga bayrog'i ostidagi musobaqalarni tartibga solishda birinchi instanciya bo'lsa, klub uning qaroridan norozi bo'lgan taqdirda, mavjud ishni ko'rib chiqish uchun apellyaciya tartibida O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga oshirish huquqini saqlab qoladi. Shuningdek, Associaciya Nizomida belgilangani bo'yicha O'FA Apellyaciya qo'mitasi ham futbol klublari murojaat qilishi mumkin bo'lgan instanciya ekanligi inobatga olinadi. 

Kodeksni ishlab chiqishda Liga o'ziga qarashli bo'lgan musobaqalar doirasidagi ehtimoliy holatlarga etibor qaratdi. Shuningdek, jarimalar miqdori optimallashtirildi, diskvalifikaciyalar masalasi konkretlashtirildi. Endilikda Qo'mita har qanday intizomiy masalani operativ ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu, o'z navbatida, musobaqalar intensivligiga mos keladi. Bunda bitta asosiy jihatga etibor qaratish lozim: Kodeksda nazarda tutilgan holatlarni ko'rib chiqishda subektni Musobaqadan chetlatish, ochkolardan mahrum qilish, uchrashuv natijasini bekor qilish, olti va undan ortiq o'yin yoki ikki oydan uzoq muddatga chetlatish, uchrashuvni tomoshabinlarsiz o'tkazish, shuningdek, boshqa turdagi og'ir intizomiy choralarni qo'llash zarurati vujudga kelsa, ish har qanday holatda ham O'FA Tartib-intizom qo'mitasiga oshiriladi. Bungacha bo'lgan masalalar esa Liga qoshidagi qo'mita tomonidan tartibga solinadi. 

Qo'mita tarkibi klublar bilan kelishuv asosida besh turli yo'nalish mutaxassislarini qamrab oladi: sobiq futbolchi, murabbiy, bevosita hakamlik sohasida faoliyat yuritgan shaxs, Liganing Sport yo'nalishi bo'yicha mutaxassisi, media sohasi vakili. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика