So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  3 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  5 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

PFL o'z tarixida ilk bor Jahon futbol ligalari associaciyasi forumida qatnashadi Yangiliklar

PFL o'z tarixida ilk bor Jahon futbol ligalari associaciyasi forumida qatnashadi

Dubay 17-19 oktyabr kunlari Jahon futbol ligalari associaciyasi tomonidan o'tkaziladigan “Jahon futbol ligalari forumi-2022” tadbiriga mezbonlik qiladi. Unda ilk marta O'zPFL vakillari Diyor Imomxo'jaev hamda Zohirjon Akramxonov ishtirok etadi.

Jahon futbol ligalari associaciyasiga 2015 yilda asos solingan bo'lib, uning bosh qarorgohi SHveycariyaning Cyurix shahrida joylashgan. Ayni vaqtda unga 44 mamlakat futbol ligalari azo hisoblanadi. O'zPFL hamda associaciya o'rtasidagi aloqalar shu yilning iyul oyidan boshlangandi. O'tgan vaqt davomida tashkilot O'zPFL bilan bog'liq musobaqalar, hujjatlar va boshqa materiallarni o'rganib chiqdi. SHundan keyin associaciya bosh kotibi Jerom Perlemuter O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev bilan sentyabr oyida aloqaga chiqdi va suhbatda ligamizni 45-azo sifatida qabul qilishga tayyor ekanligini malum qildi. SHundan kelib chiqib, ayni vaqtda O'zPFL mazkur forumda kuzatuvchi maqomida ishtirok etmoqda.  

Mazkur tashkilot boshqaruv kengashi raisi Meksika futbol ligasi rahbari Enrike Bonilla hisoblanadi. Uning o'rinbosarlari sifatida Angliya Premer-ligasi rahbari Richard Masters hamda MLS rahbari Don Garber faoliyat olib boradi. Ayni vaqtda Evropaning kuchli beshlik milliy chempionatlari hisoblangan Angliya, Ispaniya, Italiya, Germaniya va Franciya ligalarining barchasi Jahon futbol ligalari associaciyasi azolari hisoblanadi. SHuningdek, Evropaning Turkiya, SHotlandiya, Belgiya, Portugaliya, Serbiya, Daniya, Ruminiya, SHveciya, Latviya, Polsha, Ukraina, Isroil, Greciya kabi mamlakatlari ham unga azodir. 

Osiyo qitasidan shu kunga qadar Avstraliya, BAA, Yaponiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Janubiy Koreya va Tailand mamlakatlarining futbol ligalari Jahon futbol ligalari associaciyasi bilan hamkorlik qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика