So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  13 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  73 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

PFL olib qo'ygan licenziya O'FA qarori bilan Babayanga qaytarildi Yangiliklar

PFL olib qo'ygan licenziya O'FA qarori bilan Babayanga qaytarildi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

"Unda Coca Cola Superligasining 18-turi doirasidagi "So'g'diyona" – "Navbahor lochinlari" uchrashuvi yakunlangandan so'ng "Navbahor lochinlari" futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan mahalliy muxlis hamda OAV vakili ishtirokida vujudga kelgan vaziyat o'rganib chiqildi.

2022 yilning 10 sentyabr kuni O'zbekiston Professional futbol ligasiga Superliganing 18-turi doirasidagi "So'g'diyona" – "Navbahor lochinlari" uchrashuvi komissaridan kelib tushgan bildirgiga asosan, "Navbahor lochinlari" futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv yakunlangandan so'ng matbuot anjumani zaliga kirish chog'ida mahalliy muxlis bilan tortishgani, mazkur holatni o'zining telefoni orqali video tasvirga tushirib turgan Championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullaevni ko'rib qolgani, Samvel Babayan o'z yordamchilariga ushbu telefonga yozilgan video materialni o'chirishini buyurgani, yordamchilari esa jurnalistga tazyiq o'tkazib telefondagi yozuvlarni o'chirtirishga majbur qilgani aniqlandi.

Mazkur vaziyat Tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishida "Navbahor lochinlari" futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan, Championat.asia sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullaev, ushbu sayt jurnalisti Faxriddin Ro'ziev ishtirokida ko'rib chiqildi. Yig'ilishda taraflarning ko'rsatmalari, taqdim etilgan malumotlar asosida Samvel Babayan etika qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan deb topildi.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarga murojaat qilib, har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, og'ir-vazmin va professional bo'lishga chaqiramiz. SHu o'rinda Sizlar o'sib kelayotgan yoshlar uchun o'rnak-namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o'tamiz!", – deyiladi O'FA saytida.

O'FA Tartib-intizom qo'mitasi Samvel Babayan ishini ko'rib chiqdi

Reyting: -121   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика