So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

PFL “Navbahor” futbol klubiga 700 million so'm mukofot puli o'tkazib berdi Yangiliklar

PFL “Navbahor” futbol klubiga 700 million so'm mukofot puli o'tkazib berdi

Teglar :  PFL Navbahor
Xabaringiz bor, 2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o'rinlarni egallagan futbol klublariga malum miqdorda mukofot pullari vada qilgan edi.

Oldinroq Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi hisobiga Superligada 2-o'rinni egallagani uchun 800 million so'm, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgani uchun 200 million so'm o'tkazib berilgan edi.

Professional futbol ligasi klublar bo'ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo'lishiga qarab, rag'batlantiruvchi mukofot pullarini o'tkazib borishni rejalashtirgan.

O'tgan mavsumda Superliga bronza medallariga ega chiqqan Namanganning “Navbahor” klubi mavjud qarzdorliklarini deyarli to'liq bartaraf etdi. Klub faqatgina Davron Xoshimov oldidagi qarzdorlikni to'liq hal etib ulgurmadi. Agar mazkur masala yaqin vaqt ichida echim topmasa, “Navbahor”ga nisbatan sankciyalar qo'llanilishi ehtimoli bor. Qolgan jihatlar bo'yicha klubda qarzdorliklar mavjud emas.

SHu boisdan “Navbahor” klubi ham birinchilardan bo'lib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga 3-o'rin uchun belgilanganidek 700 million so'm o'tkazib berildi.

Qayd etish joiz, O'zbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham vada qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o'tkazib berish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика