PFL maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarni monitoringdan o'tkazmoqda
03 mar 2019 10:32
Yangiliklar


PFL maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarni monitoringdan o'tkazmoqda
Xabaringiz bor, 2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etadi. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida to'p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.
Hozirda “Mashal”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “SHo'rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “SHerdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin. V Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ko'proq.
Bugundan Professional futbol ligasi maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarning licenziyalash talablarini qay darajada bajara olishini monitoring qilishni boshladi. Maxsus ishchi-guruh bugundan viloyatlarga yo'l oldi va har bir klubni nazoratdan o'tkazishni boshladi.
Dastlab Farg'ona vodiysi klublari monitoringdan o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar