So’nggi yangiliklar

10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  3 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1

PFL: Keyingi yil Superligada 12ta klub bo'lishi aniq, PRO-ligada esa nomalum Yangiliklar

PFL: Keyingi yil Superligada 12ta klub bo'lishi aniq, PRO-ligada esa nomalum

Teglar :  PRO-ligaSuperliga
O'zbekiston Professional futbol ligasi Pro-liga klublari haqida OAVda yozilayotgan maqolalarni kuzatib bormoqda.

Sizga shuni malum qilamizki, tashkilot klublar bilan yuz berayotgan muammolardan xabardor.

Mavsum avvalidayoq bu kabi muammolarning bo'lishi taxmin qilingan bo'lsa-da, tuman hokimliklari o'z jamoalarining kelajaklariga kafil bo'lganidan so'ng, ular musobaqaga shartli ravishda qo'yilgan. Ehtiyot chorasi sifatida Pro-liga jamoalari ikki guruhga ajratib qo'yilgandi. Buning sababi shundaki, Professional futbol ligasi o'z ligalari sonini oshirishga tayyorgarlik ko'rishni boshlagan.

Kelasi mavsumdan boshlab Pro-liga klublariga qo'yiladigan talablar oshiriladi va uning ishtirokchilaridan Superliga klublari bilan raqobat olib borish imkonini beruvchi moddiy-texnik baza talab qilinadi. Ayni vaqtda Pro-liganing “B” guruhida to'p surayotgan va kelasi mavsumda ham faoliyatini davom ettirish istagida bo'lgan, licenziyalashning Pro-liga talablarini bajara olmagan, shuningdek, yangi tashkil etiladigan klublar uchun alohida 2-liga musobaqasi tashkil etiladi.

Ayni vaqtda PFL komissiyasi 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash talablarini ishlab chiqmoqda. Dekabrga qadar O'zbekistonning barcha futbol klublari licenziyalash talablaridan voqif qilinadi. Futbol klub tashkil etish istagida bo'lgan istalgan jismoniy va yuridik shaxslar licenziyalash reglamentini qo'lga kiritishi hamda uning asosida faoliyatini tashkil etishi mumkin bo'ladi.

Endilikda noprofessional klublar birdaniga Superliga orzusi bilan yashamaydi, ular Pro-ligada to'p surish maqsadida yillar davomida jiddiy mehnat qilishiga to'g'ri keladi. O'z navbatida PFL bu kabi klublardan futbol maktabi, akademiyasi, ayollar futboli, futzal kabi masalalarni talab ham qilmaydi. Ular licenziyalashning 2-liga klublari uchun qo'yiladigan shartlarini bajarganlari holda faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin. Superliga va Pro-liga jamoalari esa bosqichma-bosqich teng ko'rinishga keltiriladi. Ular orasidagi tafovut yildan-yilga qisqarib borishi bunda asosiy omil bo'ladi.

Hozircha aniq bo'lgani, kelasi mavsumda ham O'zbekiston Superligasida 12 ta klub chempionlik uchun kurash olib boradi. Pro-ligadagi klublar sonini PFL aniq ko'rsatib o'tmaydi. Jamoalar soni licenziyalash talablari asosida belgilanadi. Ungacha esa Pro-liganing ayrim klublari mavsumni yakunlab olishlari uchun, futbolchilar, murabbiylar shtabi ishsiz qolib ketmasligi uchun imkoniyat taqdim etilmoqda.

Kelasi mavsumda tuman yoki shahar hokimliklarining shunchaki kafilligi hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi. Barcha futbol klublari o'zlarining ayni vaqtdagi holatlaridan kelib chiqib licenziyalash talablaridan o'tkaziladi va saralanadi. Licenziyalash reglamenti, musobaqalarni o'tkazish reglamenti, tartib-intizom masalalari bo'yicha reglamentlar birinchi galda o'zbek tilida, keyin rus tilida chop etiladi va jamoatchilik etiboriga havola qilinadi.

SHuni alohida takidlash kerakki, PFL jamoalar soni, format masalasi, klublardan talab qilinadigan masalalar yuzasidan o'z principlarini himoya qilishga harakat qiladi. SHuningdek, davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan klublarning futbolchi hamda  murabbiylar bilan tuziladigan shartnomasi, yilda ikki bor hisobot beruvchi moliyaviy va yuridik xujjatlari kabi masalalarni bir xil ko'rinishga keltiradi. Ish beruvchi va xodimlar o'rtasidagi shartnomalar tuzish, ularni bekor qilish kabi masalalardagi yillar davomida echimini topmay kelgan masalalarni jiddiy nazoratga oladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика