So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

PFL: "Andijon" qattiq ogohlantirildi va "Paxtakor" bilan o'yinga qo'yiladi Yangiliklar

PFL: "Andijon" qattiq ogohlantirildi va "Paxtakor" bilan o'yinga qo'yiladi

Kecha - 26 avgust kuni soat 13:53 da “Andijon” futbol klubi o'zining U-21 jamoasi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvga moliyaviy qiyinchiliklar sabab etib kela olmasligini malum qildi.

O'zPFL mazkur xatga asosan o'rinbosarlar uchrashuvini bekor qilib, “Andijon” U-21 jamoasiga texnik mag'lubiyat yozdi. 

Bugun — 27 avgust kuni soat 10:47 da “Andijon” futbol klubi o'zining asosiy tarkibi ham “Paxtakor” bilan uchrashuvga yuqoridagi sabab tufayli kela olmasligini malum qildi. Rasmda keltirilgan xat asosida O'zPFL uchrashuvni bekor qildi. Bu xabar “Paxtakor” futbol klubiga, uchrashuv xavfsizligi uchun javobgar bo'lgan Ichki ishlar organlariga, “Lokomotiv” stadioni mamuriyatiga, uchrashuv translyaciyasi uchun javobgar bo'lgan “Sport” telekanaliga malumot uchun taqdim etildi. 

“Andijon” klubining birinchi xatidan 1 soat-u 20 daqiqa o'tib, klub uchrashuvda ishtirok etmoqchi ekani borasida xat yo'lladi. Har ikki xat vice-prezident Maruf Abdisalomov tomonidan imzolangan.

O'zPFL har qanday holatda ham futbol uchrashuvlarini o'tkazish uchun harakat qiladi. SHundan kelib chiqib, bekor qilingan barcha tadbirlar qayta tiklanadi va umid qilinadiki, “Andijon” klubining bu kabi masuliyatsizligi qayta takrorlanmaydi. O'zPFL Maruf Abdisalomovdan o'z ishiga masuliyat bilan yondoshishni, shuningdek, klub ustavida qayd etilmagan vice-prezident lavozimi bilan emas, aynan ustavda mavjud lavozim bilan xatlarga imzo chekishni so'raydi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика