So’nggi yangiliklar

15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  0 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  0 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  15 14:51Постекоглу: "Арсенал" ўйинни назорат қилди, бу нормал ҳолат эмас"  0 14:26"Локомотив" ўртоқлик учрашувида "Хоразм"ни енгди  4 14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  13 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  2 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  4 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  11 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  2 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  9

PFL Abramovning ayblovi hamda Nikimbaevning savoliga javob qaytardi Yangiliklar

PFL Abramovning ayblovi hamda Nikimbaevning savoliga javob qaytardi

Kecha “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov O'zPFL tomonidan tashkil qilingan yig'ilishdan chiqib ketgani yozilgandi.

Keyinroq Alisher Nikimbaev yig'ilishda faqatgina Pro licenziyasi bor murabbiylar ishtirok etgan bo'lsa, unda “Neftchi” vakili Levchenko unga nega chaqirilgani bilan qiziqdi. Biz mazkur savollarga javob olish maqsadida PFL matbuot bo'limi bilan bog'landik.

“Yig'ilishda faqatgina Pro licenziyasiga ega murabbiylar qatnashdi, deyish to'g'ri bo'lmaydi. Biz unga 14 ta Superliga hamda 5 ta Pro liga klublari vakillarini jalb qildik. Vadim Abramov unga taklif etilmagandi. Sababi Abramov Pro licenziyasi yangilanayotgan vaqtda aynan imtihon kuni bahona bilan boshqa davlatga uchib ketgan, qolgan barcha murabbiylar imtihonda ishtirok etgan. PFL licenziyani yangilangan yoki yo'qligi masalasiga oydinlik kiritish maqsadida 1 oy avval O'FA Futbol mutaxassislarini tayyorlash markaziga so'rov bergan. SHu vaqt ichida bir necha bor mazkur masala eslatilgan bo'lsa-da, ular konkret javob qaytara olmadi. Qolaversa, Vadim Abramovning o'zi ham bunga bepisand munosabatda bo'ldi. SHundan kelib chiqib, Coca-cola Superliga 19-turidan keyin uning licenziyasi qaytarib olinishi kerak edi. Bu haqda “Dinamo” klubi rahbariyati ogohlantirilgan. Har qanday holatda ham ligada qolish uchun kurash olib borayotgan jamoa rejalarini buzib qo'ymaslik muhim edi. Umuman olganda Superliga ishtirokchisi ham qanday murabbiy bilan shartnoma imzolayotganini tekshirishi kerak. Agar unda Pro licenziyasi yo'q bo'lsa, demak u Superligada ishlay olmaydi, buni barcha jamoa biladi”, - deyiladi javobda.

PFL vakillari liga rahbari hamda Vadim Abramov o'rtasidagi tortishuv masalasida quyidagicha javob berdi:

“Ayrim murabbiylar kuzdan boshlab Superliga ishtirokchilari sonini 16 taga ko'tarish harakatiga tushib qoladi. Bu esa sport principlarining to'g'ridan-to'g'ri buzilishidir. Liga rahbari Samvel Babayan tomonidan ilgari surilgan mazkur masalaga asoslantirilgan javoblar qaytardi. Yani, uning o'zi ham jamoalar sonining oshishini istaydi, biroq O'zbekiston sharoitida buning imkoniyati hozircha yo'q. Sababi, Pro ligada “Turon” klubini inobatga olmasa, qolgan barcha klublarda moliyaviy muammolar bor. Babayanning 35 million aholimiz bor degan fikriga Diyor Imomxo'jaev Xitoyda 1,5 milliard aholi bor, ammo jamoalar soni 100 ta emas dedi. Janubiy Koreya va Qatar ligalarida, jamoalarida pul bizdagidan ko'proq, ammo ularda ham jamoalar 16 talik darajaga etgan emas. Gollandiya, Ukraina, Belgiya kabi chempionatlar ham o'z vaqtida chempionatda 12 ta klub bilan tashkil qilgani misol qilib keltirildi. Babayan pul topilishini aytganida, unga Namangan viloyati hokimi kattaroq lavozimga ko'tarilsa va uning o'rniga viloyatga futbolga qiziqmaydigan hokim kelsa, sizda pul bo'ladimi, deyildi. Babayan bunga javob bera olmadi. O'z navbatida Diyor Imomxo'jaev 26 ta o'yin kam ekaniga qo'shildi va uning sonini musobaqa formatini o'zgartirish evaziga ko'paytirish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanini bildirdi. Faqatgina Superliga va Pro liga o'rtasidagi sport principi buzilmasligi kerak. CHunki Pro ligani hozirgi darajasiga keltirish oson bo'lmagan va uni shu darajada ushlab turish avvalgidan ikki karra qiyinroq bo'lyapti. Mana shu vaziyatda Abramov ensa qotirib bundan terma jamoa yutishini bildirdi va liga rahbaridan sizning endi terma jamoa haqida qayg'urishingiz shart emas, “Dinamo”ga javob bering degan javobni eshitib, yanada asabiylashdi. Unda nega shuncha odamni chaqirdinglar degan savoliga esa biz sizni chaqirmaganmiz, dedi. SHundan keyin Abramov zalni tark etdi. Bu erda hech qanday haqorat yo'q, qolganlar ham buni tasdiqlashi mumkin”.

“Neftchi” ustozining yig'ilishga taklif etilishi esa uning Reglament talablariga hurmat bilan munosabatda bo'layotganidan kelib chiqadi. CHunki klubda Pro licenziyasiga ega mutaxassis bor. Qolaversa, Levchenko ham mazkur licenziya uchun tahsilni davom ettiryapti. Biz fikr olish maqsadida de fakto klubda asosiy rolni bajarayotgan mutaxassisni taklif qildik. Nikimbaevning savoli o'rinli, ammo provakaciyaga yaqinroq. Umuman olganda biz bunga ajablanmay qo'yganmiz”, - deb javob berdi PFL matbuot xizmati. 

PFL matbuot xizmati yig'ilishda ishtirok etgan barcha mutaxassislarga minnatdorchilik bildirdi. Unda juda ko'plab dolzarb masalalar ko'tarilgan, hakamlik muammolariga ham jiddiy etibor qaratilgan.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика