So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

pfcnavbahor.uz: "Navbahor" - "Buxoro" 3:1 (To'liq sharh) Yangiliklar

pfcnavbahor.uz: "Navbahor" - "Buxoro" 3:1 (To'liq sharh)

Kecha O'zbekiston chempionati 12- tur o'yinlari doirasida "Navbahor" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi. Unda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari irodali g'alabani qo'lga kiritishdi.

Birinchi bo'lim asosan "lochinlar" ustunligida o'tdi. Ammo, uchrashuvda hisobni "Buxoro" ochishga muvaffaq bo'ldi. 27 daqiqaga kelib Alisher Samatov hujum boshlash chog'ida to'pni raqibga oldirib qo'ydi. Natijada Suxrob Nematov kuchli zarba evaziga bellashuvda hisobni ochdi. Ammo, mehmonlar xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi. 35 daqiqada Otabek Valijonov chap qanotdan jarima maydoniga oshirgan to'pni Sergey Georgiev boshi bilan Korneychuk qo'riqlagan darvozaga joylab, hisobda muvozanatni tikladi. Oradan hech qancha o'tmay Jamshid Saidov shogirdlari maydonda bir kishi kami bo'lib qolishdi. Azim Ahmedovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun Bogdan Xaushi ikkinchi bor sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Birinchi bo'lim oxirlarida esa SHahboz Erkinov "Navbahor"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Hujumchi Azim Ahmedovdan kelgan to'pni boshi bilan buxoroliklar darvozasiga aniq joyladi. Tanaffusga qadar 2:1 hisobi saqlanib qolindi.
10 kishib bo'lib qolgan "Buxoro" uchrashuvning ikkinchi yarmida deyarli golga tortadigan vaziyat yarata olmadi. Aksincha, Ulug'bek Baqoev o'z nomiga gol yozdirib, hisobni yanada mustahkamlashga erishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanat SHixovni raqib o'yinchisi Jamoliddin Ubaydullaev o'z jarima maydoni ichida qo'pollik ishlatib to'xtatib qoldi. Murod Muxamedov bu vaziyatga yaqin turgani bois ikkilanmay penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Baqoev bexato bajardi. SHundan so'ng hisobni yiriklashtirish imkoni ko'p marotaba yaratildi. Ayniqsa SHixovning qo'shib berilgana daqiqalarda tepgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi. SHuningdek to'rtinchi gol urilishiga Aleksandr Korneychukning ishonchli harakatlari to'sqinlik qilganini ham takidlash lozim. SHunday qilib "Navbahor" ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolarini 15 taga etkazib oldi. Ammo, musobaqa jadvalidagi biz bilan teng ochko jamg'argan "Metallurg" va "SHo'rtan" ushbu turda g'alaba qozongani sababli to'plar nisbati evaziga 11- o'rindan yuqoriga jilmadik.

"Navbahor" - "Buxoro" - 3:1 (2:1). 6 iyun. Namangan.

"Markaziy" o'yingoh.

Hakamlar: M. Muxamedov, A. Snetkov, N. Ro'zimov, A. Ergashev.

Nazoratchi - D. Roman.

"Navbahor": 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Alisher Samatov, 8.Azim Ahmedov (6.Sunnatilla Mamadaliev, 78), 9.Ilhom Boydedaev,11.Otabek Valijonov, 20.Ulug'bek Baqoev, 22.SHahboz Erkinov (25.Mo'ydin Mamazulunov, 67), 29. Dilshod Jabborov, 50.Yuriy Rijko, 89.Bobir Akbarov (7.Sanat SHixov, 46), 91.Sergey Georgiev.

"Buxoro": 12.Aleksandr Korneychuk, 3.Saidkomil Akbarov, 4. Hasan Asqarov, 5.Vadim Kravchesku, 7.Suhrob Nematov, 8.Vitaliy Plamadela (15.Ravshan Aslanov, 69), 9. Nozim Umurov (20.Islom Xoliqov, 77), 14.Vyacheslav Ponomarev, 17.Otabek Narzullaev, 19.Jamoliddin Ubaydullaev (70. Akobir To'raev, 83), 23.Bogdan Xaushi.

Gollar: S. Georgiev (35), SH. Erkinov (44), U. Baqeov (74, penalti) - S. Nematov (27).

Ogohlantirishlar: A. Ahmedov (37), O. Valijonov (71) - B. Xaushi (30), V. Plamadela (64).

CHetlatish: B. Xaushi (37 ikkinchi ogohlantirish).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика