So’nggi yangiliklar

18:02"Манчестер Сити"га янги дарвозабон керак"  0 17:39"Нима дейишни ҳам билмайман" — Рубен Диаш  15 17:19Ўзбекистонлик ҳакамлар Туркияда йиғин ўтказмоқда  0 17:15U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг гуруҳдошлари Эрон ва Индонезия ўзаро баҳс олиб бормоқда, Иордания Саудия Арабистони синовидан ўтмоқда  1 16:56Аканжи жиддий жароҳат олгани маълум бўлди  13 16:39Муҳаммадали Ўринбоев: "Яман жуда яхши ўйин кўрсатди, лекин бизда ғалабага бўлган ишонч юқори эди"  14 16:11U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон илк турда Яманни қийинчилик билан мағлуб этди  98 15:48"Андижон" Чехия жамоасидан енгилди  5 15:27Криштиану Роналду йилнинг энг юқори даромадли спортчиси деб топилди  12 15:01Эшитдик-да! "Олимпик" футболчиси легионерга айланди  7 14:29"Барселона" ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  4 14:00U-20 Осиё Кубоги. Ироқ КХДР билан муроса кўчасини танлади  0 13:45Англия терма жамоасининг собиқ устози Саутгейт китоб чиқаради  1 13:21Ўзбекистон стадионга етиб келди!  4 12:34U-20 Осиё кубоги. Порлаши кутилаётган футболчилар  3

Petr Segrt: "Tojikistonga boshimizni tik tutib qaytamiz" Yangiliklar

Petr Segrt: "Tojikistonga boshimizni tik tutib qaytamiz"

Osiyo kubogi chorak final bahslaridan o'rin olgan Tojikiston va Iordaniya o'rtasidagi o'yindan so'ng, tojikistonliklar bosh murabbiyi Petr Segrt matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob Segrt, o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- Iordaniya g'alabaga loyiq edi. Bugun ular bizdan ko'ra yaxshiroq o'ynashdi. Birinchi bo'limda ko'p vaziyatlarni yo'qqa chiqardik. Tojikistonlik futbolchilarga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. Ular bu turnirda borlarini berishdi. 

- Tojikiston Osiyo kubogida barchani hayratga soldi. Bugun Iordaniyaga mag'lub bo'ldingiz, lekin Jahon chempionati saralashida revansh olish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi...

- Bugun imkoniyatlar 50 ga 50 edi. Gol o'tkazib yuborgan vaziyatimizda biroz omadimiz kelmay qoldi. Tojikiston bu turnirning syurprizi bo'ldi. Jahon chempionati saralashi biz uchun juda muhim. Lekin bu paytga qadar kelajagim borasida bazi qarorlarni qabul qilishim kerak. O'zimni tiklab olish uchun Evropaga yo'l olaman. Tojikiston terma jamoasi esa Saudiya Arabistoni va Iordaniyaga qarshi bahslarga har qanday holatda ham jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Tojikistonlik o'yinchilarning bu musobaqadagi ishtirokiga alohida tasanno.

- Iordaniya termasining bosh murabbiyi haqida fikringiz qanday? Yarim finalda Iordaniyaga Avstraliya to'g'ri kelgani yaxshimi yoki Koreya Respublikasi?

- Iordaniyada ajoyib murabbiy bor, muxlislar ham o'zgacha. Avstraliya yoki Koreya Respublikasidan kim ularga qulayroq ekanini men emas, faqat ularning bosh murabbiyi aytishi mumkin.

- Janob Segrt, musobaqadagi ajoyib ishtirok bilan tabriklayman. Keyingi rejalaringiz haqida gapirsangiz? Jamoada qolasizmi?

- 10 fevral kuni shartnomam yakuniga etadi. O'zimga biroz energiya to'plashim kerak. Tojikiston federaciyasi bilan gaplashib olganimdan so'ng bir narsa deya olaman.

- Umuman musobaqa davomida Tojikiston terma jamoasi ajoyib lahzalarni boshdan o'tkazdi. Osiyo kubogidagi umumiy ishtirok haqida gapirsangiz?

- Bu Osiyo kubogida ikkita finalda qatnashdik. Livan va BAAga qarshi uchrashuvlarni nazarda tutyapman. Bu o'yinlardagi g'alabani musobaqa chempioni bo'lgandek nishonladik. Bugungi o'yinda kuchliroq jamoa g'alaba qozondi. Balki, ertaga turnirdagi umumiy ishtirokimizni yana bir bor bayram qilarmiz. Tojikiston bugun uyga qaytadi, lekin biz boshimizni tik tutib vatanimizga qaytamiz.

- Osiyo kubogida sizni sog'inamiz, janob Segrt. O'yinning oxirlarida Tojikiston terma jamoasiga nima bo'ldi? Hisobni tenglashtirishga urinish jamoada ko'zga tashlanmadi?

- Bahs boshida eng tezkor hujumchimizni yo'qotdik. SHu holat bizni ritmdan chiqarib yubordi. Jarohatlangan futbolchimizning o'rniga tushgan o'yinchi qizib olishga ulgurmay, maydonga tushib ketdi. Bu musobaqada imkoniyatimiz cheklangan edi, ammo kafolat berib ayta olamanki, bugun futbolchilarimiz oxirgi daqiqagacha kurashishdi. 

- Musobaqadagi ishtirokingizga 10 ballik shkalada qanday baholagan bo'lardingiz?

- Tojikiston futboli o'sishga erishmoqda. Bugungi natija ham buni aytib turibdi. Men sizga bir voqeani aytib beraman. Tojikiston terma jamoa bilan shartnoma imzolash imdan biroz avval yaqin do'stim saraton kasalligiga chalindi. Unining menga aytgan oxirgi so'zlari shunday edi: "Sen Tojikistonni FIFA reytingida kuchli 100 jamoa safiga olib kirishing kerak. Bu musobaqadan oldin biz 106-o'rinda edik. Osiyo kubogida qanday ishtirok etganimizni esa ko'rdingiz. Bu turnir biz uchun eng yaxshi damlarni taqdim etdi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика