Petr CHex: Men hali hech kimga rad javobini bermadim
09 iyu 2015 09:31
Yangiliklar


Petr CHex: Men hali hech kimga rad javobini bermadim
CHelsi darvozaboni Petr CHex londonliklar safini tark etishga qarshi emasligini bildirdi.
"Birinchi o'rinda klub bilan ketishim haqida gaplashib olishim kerak. Bu haqida rahbariyat bilan keyingi haftada gaplashib olamiz. Hozir bu savol bo'yicha meni agentim shug'ullanmoqda. Vaziyat oydinlashsa, biz keyin qaror chiqaramiz. O'ylashimcha, men va klub bir-birimizga qilgan mehnat va bergan yordamlarimiz tufayli yaxshi kelishuvga erishamiz va bu har ikkala tomon uchun ham yaxshi bo'ladi. Men hali hech bir jamoaga rad javobini bermaganman. Menga qaerda o'ynashni farqi yo'q – Angliyadami, Germaniyadami, Franciya yoki Ispaniyadami.
Yakuniy qarorga kelishimda avvalo oilam va men uchun eng qulay variantni tanlayman", - deydi Petr CHex.
"CHelsi" klubi Petr CHexni 10 million funt sterling evaziga sotishga tayyor.
Yakuniy qarorga kelishimda avvalo oilam va men uchun eng qulay variantni tanlayman", - deydi Petr CHex.
"CHelsi" klubi Petr CHexni 10 million funt sterling evaziga sotishga tayyor.

Fikrlar