So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Petr CHex endi futbolchi emas. Uning butun faoliyatini 15ta surat orqali yodga olamiz Yangiliklar

Petr CHex endi futbolchi emas. Uning butun faoliyatini 15ta surat orqali yodga olamiz

"Xmel"dan Evropa ligasi-2019 finaligacha.

Pet CHex o'smirligida mana shunday edi. Bu "Xmel" klubining formasi. CHex professional faoliyatini CHexiyaning shu klubida boshlagan. U ikki yil "Xmel"da o'ynab, keyin Praganing "Sparta" klubiga o'tadi.


"Sparta"dan so'ng bir yil "Renn" sharafini himoya qildi.


"Renn" CHex bilan quyi ligaga tushib ketishiga oz qoladi, ammo baribir u Evropa skautlarini hayron qoldirishga muvaffaq bo'lgan. 2004 yilning iyulida "CHelsi" uni 10 mln. evroga sotib oladi (CHex o'sha paytda klub tarixidagi eng qimmat posbonga aylangan). Bu tanishtirish marosimidan surat.


CHexning birinchi mavsumi juda zo'r o'tgan: Mavsumoldi yig'inda jarohat olgan Kudichinini asosiy tarkibdan siqib chiqardi, 1025 daqiqa gol o'tkazmay APL rekordini yangiladi, 35ta uchrashuvda bor-yo'g'i 13ta gol o'tkazdi va Angliya chempioniga aylandi.


2006 yilning oktyabrida CHex faoliyatidagi eng qo'rqinchli damni boshidan o'tkazdi. "Reding"ga qarshi bahsda yarim himoyachi Stiven Xant uning boshiga zarba berdi va darvozabonning bosh suyagi jarohatlandi. SHifokorlar posbon vafot etishi mumkinligini aytishgan.


2007 yilning yanvarida CHex regbi qalpog'ida safga qaytdi va uni butun dunyo taniy boshladi.


2008 yilning 21 mayida CHex birinchi marta CHempionlar ligasi finaliga chiqdi. "CHelsi" va "Manchester Yunayted" penaltilar seriyasigacha etib borishdi va chexiyalik posbon Krishtianu Ronaldu zarbasini qaytardi, ammo g'alaba uchun bu etarli bo'lmadi.


Bu 2011 yilning boshi, Pet CHex mavsumning eng yaxshi chexiyalik futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi.


2012 yilning mayida CHex nihoyat CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi. Finalda u uchta penalti qaytardi: ekstra-taymda Robben, seriyada Olich va SHvaynshtayger chexiyalik posbon darvozasini ishg'ol qila olishmadi. Drogba asosiy vaqtning so'nggi soniyalarida hisobni tenglashtirganini hamma yaxshi eslaydi, ammo finalning eng yaxshi futbolchisi CHex bo'lgani aniq.


2015 yilning avgusti. CHex bir necha hafta oldin uni "Arsenal"ga qo'yib yuborgan Mourinyuni quchoqlamoqda. Tibo Kurtua "CHelsi"ning asosiy darvozaboniga aylandi.


CHex uch mavsum davomida "Arsenal"ning asosiy posboni bo'ldi. 2015/16 mavsumda u APLda 16ta quruq o'yin o'tkazib, "Oltin qo'lqop" sohibiga aylandi.


Petr CHex xokkey ustasi Martin Gavlatning xayrlashuv uchrashuvida.


Bu erda u o'zining akademiyasida bolalar bilan shug'ullanmoqda.


2018/19 mavsumda CHex "Arsenal"ning asosiy darvozaboni bo'lmadi, Bernd Leno uning o'rnini egalladi. U yoshroq, reakciyasi kuchliroq va oyoqlari bilan yaxshi o'ynaydi. Petr kubok o'yinlari posboniga aylandi.


Evropa ligasida aynan u o'ynadi va finaldan oldin kim maydonga tushishi hammani havotirga solgan edi. CHunki Bokudagi bahsdan oldin CHex yangi mavsumda "CHelsi"da menejerlik qilishi haqida xabarlar elon qilingandi. Emeri chexiyalik posbonga ishonch bildirdi va darvozabon hafsalani pir qilmadi, ammo "Arsenal" raqibdan kuchsizroq edi. 1:4 - Petr CHexning faoliyatidagi so'nggi uchrashuvi mag'lubiyat bilan yakunlandi.


Klubda 781ta uchrashuv, terma jamoada 124ta, 4ta chempionlik sovrini, 4ta APL "Oltin qo'lqopi", Angliya Kubogidagi 5ta g'alaba, CHempionlar ligasi va Evropa ligasining oltin medallari.


Bu buyuk faoliyat bo'ldi.

Reyting: +86   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика