Peti: “Neymar faqat o'zi uchun o'ynaydi”
30 noy 2019 00:39
Yangiliklar
Peti: “Neymar faqat o'zi uchun o'ynaydi”
“Men terma jamoada Zidan va Jorkaeff bilan to'p tepganimda, aynan shu ikki futbolchilarning o'yin taqdirini hal qilib yuborishi mumkinligini bilardik. Ular himoyaga ham, hujumga ham birdek yordam berishardi. Biz shunchaki o'z vazifamizni bajarardik, vaholanki shu ikki yigit ko'p hollarda ko'p narsani o'zgartirib yuborish qudratiga ega edilar.
Ammo bunday xarakter Neymarga xos emas. Bu yigit faqat va faqat o'zi uchun o'ynayapti. PSJ echinish xonasidagi futbolchilarning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring, ular bir necha oylardan buyon uning bunday qiliqlariga chidab kelishmoqda. Neymar klub va uning muxlislarini nazar pisand qilmayapti. Ularga hurmatsizlik qilayapti”, dedi Peti “RMC Sport”ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Neymar 2017 yildan buyon PSJda to'p tepib kelmoqda. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar